\"Navbahor\" muhlislari uloqtirgan jismlar klub futbolchisini jarohatladi. \"Markaziy\"ning ba'zi bir sektorlari yopildi
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda soʻnggi turlar doirasida boʻlib oʻtgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar koʻrib chiqildi.
“Navbahor lochinlari” — “Sho‘rtan”
Superliga chempionatining 5-turi doirasidagi “Navbahor lochinlari” — “Sho‘rtan” uchrashuvida “Navbahor lochinlari” jamoasi o‘yinni tashkil etishda ko‘plab kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan, jumladan klub matbuot xizmati sust faoliyat olib borayotgani fotograflar uchun ajratilgan hududda tegishli akkreditatsiyaga ega bo‘lmagan begona shaxslar aniqlangan hamda ularning ayrimlarida boshqa musobaqalar uchun berilgan akkreditatsiyalar, shuningdek, Ligaga umuman aloqasi bo‘lmagan boshqa turdagi ruxsatnomalar mavjud bo‘lgan. Qo‘shimchasiga, texnik hududda tegishli ruxsatnomasiz bir qator shaxslar bemalol harakat qilayotgan bo‘lsa-da, xavfsizlik ofitseri bu masalani tartibga solmagan, tibbiyot zambili uchun belgilangan xodimlarning yetarli darajada bo‘lmagani kabi kamchiliklar aniqlangan.
Shuningdek, klub nomidan biror bir uchrashuvda muayyan vazifani bajarayotgan har qanday shaxs xulqi uchun javobgar ekanligi belgilangan bo‘lsa-da, stadionga tashrif buyurgan muxlislar mezbon “Navbahor lochinlari” jamoasi vakillari golni nishonlayotgan vaqtda maydonga turli jismlar, suv to‘ldirilgan idishlar, toshlar, qattiq jismlar, mobil telefon quvvatlagichlari uloqtirishgan, otilgan jismlar “Navbahor lochinlari” jamoasi futbolchisiga tan jarohat yetkazganligi qayd etilgan.

O‘zaro muhokamalardan so‘ng “Navbahor lochinlari” klubining kelgusi uy uchrashuviga stadiondagi tribunalarga tomoshabinlarning kirishiga qisman taqiq qo‘yish hamda jarima intizom choralarini qo‘llash lozim topildi. Bu kabi holatlar takrorlangan taqdirda “Navbahor lochinlari” klubining uy uchrashuvini to‘liq tomoshabinlarsiz o‘tkazish intizom chorasini qo‘llash to‘g‘risida ogohlantirish berilishi belgilandi.
Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, “Navbahor lochinlari” futbol klubining kelgusi uy uchrashuvida stadionning 2, 3, 20, 21, CIP sektorlari, shuningdek VIP tribuna ostidagi o‘rindiqlarga tomoshabinlarni kirishiga taqiq qo‘yildi hamda “Navbahor lochinlari” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.