locale OZ

Navbahor. Mavsum – 2025 yakunlari: Kim qancha o‘ynadi?

Superliganing 2025-yilgi mavsumida “lochinlar” safida barcha 30 ta o‘yinda to‘liq maydonda harakat qilgan futbolchi bo‘lmadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Navbahor. Mavsum – 2025 yakunlari: Kim qancha o‘ynadi?
photo: Navbahor FK

“Navbahor”ning yakunlangan mavsumga oid statistik ma’lumotlari bilan tanishtirishda davom etamiz.
Bu safar jamoamiz o‘yinchilarining maydonda qancha vaqt harakat qilganliklari borasidagi statistikaga to‘xtalib o‘tishni lozim deb topdik.
Yakunlangan mavsumda “Navbahor” tarkibida jami 31 nafar futbolchi maydonga tushdi.
Superliganing 2025-yilgi mavsumida “lochinlar” safida barcha 30 ta o‘yinda to‘liq maydonda harakat qilgan futbolchi bo‘lmadi. Garchi Ruslanbek Jiyanov va Abbosjon G‘ulomovlar 30 ta uchrashuvda ishtirok etishgan bo‘lsada, ayrim bellashuvlarda alishtirildilar yoki zaxiradan maydonga tushdilar. Shu bois, ular to‘liq – 2700 daqiqa to‘p tepishmadi.
Quyida sizlarni “Navbahor” futbolchilarining Superliga – 2025 dagi mavsum statistikasi bilan tanishtiramiz.

T/r. Futbolchi Ampluasi O‘yin Daqiqa

1. Igor Gabriel Him. 29 2437
2. Ruslanbek Jiyanov Yar.him. 30 2386
3. Abbosjon G‘ulomov Yar.him. 30 2371
4. Gilyerme Gedesh Him. 25 2041
5. Saidazamat Mirsaidov Him. 28 2027
6. Benjamin Teydi Yar.him. 23 1967
7. Zabihillo O‘rinboyev Huj. 24 1702
8. Shukron Yo‘ldoshev Dar. 19 1666
9. Shohmalik Komilov Yar.him. 26 1412
10. Azimjon Ahmedov Him. 18 1302
11. Sergey Karpovich Him. 15 1257
12. Umidjon Ergashev Dar. 12 1037
13. Muhammadali G‘iyosov Yar.him. 14 933
14. Mirzohid G‘ofurov Him. 15 900
15. Alisher Odilov Yar.Him. 15 899
16. Pedro Augusto Huj. 23 744
17. Muhammadbobur Mo‘ydinov Him. 12 703
18. Jamshid Boltaboyev Yar.him.12 680
19.Dostonbek Abdulhayev Him. 10 635
20.Julio Sezar Him. 8 573
21.Navro‘zbek Iminjonov Huj. 12 439
22. Shahzodbek Ubaydullayev Huj. 8 354
23. Komiljon Tojidinov Yar.him. 10 246
24. Javohir Abdujabborov Yar.him. 7 217
25. Sherzod G‘ulomjonov Yar.him. 5 212
26. Po‘latxo‘ja Xoldorxonov Huj. 6 202
27.Asadbek Jo‘raboyev Huj. 9 182
28.Shahzod Toirov Him 3 108
29.Rian Islomov Yar.him. 3 70
30.Jaloliddin Sodiqov Yar.him. 2 40
31.Muslimbek Habibullayev Huj.1 3

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting