locale OZ

Navbahor ilk o‘rtoqlik o‘yinida imkoniyatni boy berdi

Namanganliklar navbatdagi o‘rtoqlik bahsini 22 yanvar kuni Kosova Superligasi vakili, o‘tgan mavsumda 3-o‘rinni egallagan “Malisheva” FKga qarshi o‘tkazishadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Navbahor ilk o‘rtoqlik o‘yinida imkoniyatni boy berdi
photo: Navbahor FK

Navbahor ilk o‘rtoqlik o‘yinida imkoniyatni boy berdi.

Xabar berganimizdek, lochinlar bugun Turkiyadagi ilk xalqaro o‘rtoqlik bahsini Serbiya Superligasi vakili “Nampredak” (Krushevas)ga qarshi o‘tkazdi.

Mazkur o‘yinda Timur Kapadze maydonga quyidagi futbolchilarni tushirdi.
1-bo‘limda: O‘tkir Yusupov, Saidazamat Mirsaidov, Anri Chichinadze, Dilshod Komilov, Umar Adhamzoda, Benjamin Teydi, Abbos G‘ulomov, Diyor Xolmatov, Vanya Ilich, Muhammadali G‘iyosov, Ruslan Jiyanov.
2-bo‘limda: Shukron Yo‘ldoshev, Doston Abdulhayev, Zafarbek Rahimjonov, Islom Mamatkazin, Isoxon Musoxonov, Quvondiq Ro‘ziyev, Shohmalik Komilov, Shohruh Abdurahmonov, Bekzod G‘ofurjonov, Muhammadali Usmonov, Zabihillo O‘rinboyev.

Ushbu uchrashuvda serbiyaliklar yirik – 3:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Namanganliklar navbatdagi o‘rtoqlik bahsini 22 yanvar kuni Kosova Superligasi vakili, o‘tgan mavsumda 3-o‘rinni egallagan “Malisheva” FKga qarshi o‘tkazishadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting