«Navbahor» ertaga yangi o’yinchilarini tanishtiradi
“Navbahor”ning bo‘lajak mavsum davomida foydalanadigan futbolkalari taqdimoti o‘tkaziladi.
Фото: Навбаҳор ПФК
Superliga - 2026 startiga ham oz fursat qolmoqda.
“Navbahor”ning har yili yangi mavsum oldidan taqdimot marosimini o‘tkazishi odat tusiga kirgan.
Bu yilgi marosim esa ertaga, ya’ni, 25 fevral, chorshanba kuni Namangan shahar, Davlatobod tumanidagi “Pahlavon” sport majmuasida soat 16:00 da boshlanadi.
Tadbirda jamoamiz tarkibiga yangi qo‘shilgan futbolchilarni tanishtirish, shuningdek, “Navbahor”ning bo‘lajak mavsum davomida foydalanadigan futbolkalari taqdimoti o‘tkaziladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist