locale OZ

Navbahor ertadan yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettiradi

14-yanvar kuni Namanganliklar a'zolari Turkiyaga jo'nab ketishadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Navbahor ertadan yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettiradi
photo: Navbahor FK

Yangi yil bayrami munosabati bilan futbolchilarga berilgan qisqa muddatli taʼtil yakuniga yetib, nihoyat, lochinlar mashg'ulotlarga qaytishmoqda. Ertaga Navbahor a'zolari poytaxtimiz Toshkentda yig'ilishadi va tibbiy ko'rikdan o'tishadi.
5-yanvardan e'tiboran esa mashg'ulotlarga kirishishadi. Ushbu yig‘in bir hafta davom etishi rejalashtirilgan. Shundan so'ng, futbolchilarga qisqa muddatli hordiq beriladi va 14-yanvar kuni Namanganliklar a'zolari Turkiyaga jo'nab ketishadi.
Qishki o'quv- mashg'ulot yig'inining qolgan qismini aynan Turkiyada davom ettirilishi ko'zda tutilgan.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting