«Navbahor» bugundan yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaydi
Ushbu yig‘in bir hafta davom etishi, unda futbolchilarning jismoniy holatlarini tiklab olishlari ko‘zda tutilgan.
Фото: Навбаҳор ПФК
«Navbahor» jamoasi a’zolari bugundan yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlashadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini Timur Kapadze boshchiligidagi murabbiylar shtabi vakillari poytaxtimiz Toshkentda olib borishadi.
Ushbu yig‘in bir hafta davom etishi, unda futbolchilarning jismoniy holatlarini tiklab olishlari ko‘zda tutilgan.
“Mashg‘ulotlarda “lochinlar”ga kuch-quvvat tilaymiz”, - deyiladi xabarda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist