«Nasaf» yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi
Mashg‘ulotlar 11-yanvarga qadar davom etadi.
Фото: Насаф ПФК
2-yanvar kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tgan “ajdarlar” kechadan boshlab Qarshidagi qarorgohlarida mashg‘ulotlarga kirishdi. Jamoamiz mavsumoldi tayyorgarligining dastlabki bosqichini Qarshi shahrida olib boradi. Mashg‘ulotlar 11-yanvarga qadar davom etadi.
Vakillarimiz tayyorgarlikning ikkinchi bosqichini Turkiyaning Antaliya shahrida davom ettiradi. Xorijdagi yig‘in 14-yanvardan 30-yanvargacha bo‘lib o‘tadi. Ushbu yig‘in doirasida Serbiya, Germaniya, Rossiya va Polsha jamoalariga qarshi yettita nazorat uchrashuvini o‘tkazish ham rejalashtirilgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist