locale OZ

Nasaf U21 murabbiylar shtabida o‘zgarishlar amalga oshirildi

Murabbiylar shtabining a’zosi — Ikrem Repatov bilan esa o‘zaro kelishuv asosida shartnoma bekor qilindi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Nasaf U21 murabbiylar shtabida o‘zgarishlar amalga oshirildi
photo: Nasaf fk

"Nasaf" futbol klubi rahbariyati U21 jamoasining so‘nggi davrdagi qoniqarsiz natijalari tufayli murabbiylar shtabiga o‘zgarishlar kiritish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Jamoani shu paytga qadar boshqarib kelgan Zafar Xolmurodov klub strukturasida boshqa lavozimga, yordamchi murabbiy Kenja To‘rayev esa faoliyatini futbol akademiyamizda davom ettiradi. Murabbiylar shtabining a’zosi — Ikrem Repatov bilan esa o‘zaro kelishuv asosida shartnoma bekor qilindi.

Mavsum yakuniga qadar "Nasaf" U21 jamoasini klubning texnik direktori Botir Qorayev boshqarib boradi. Tajribali mutaxassis o‘tgan mavsumda ham yoshlar jamoasi bilan ishlagan va ularning rivojlanishida muhim o‘rin tutgan edi.

"Nasaf" futbol klubi rahbariyati yangi murabbiylar shtabi jamoaning o‘yin sifatini yaxshilash, musobaqalarda munosib natijalar qayd etish hamda asosiy jamoa uchun salohiyatli yosh futbolchilarni tayyorlash yo‘lida samarali ish olib borishiga ishonch bildiradi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting