«Nasaf» U17 Akademiyalar kubogini qo‘lga kiritdi
Toshkent shahar 2-o'rinni qo'lga kiritdi.
Фото: Насаф ПФК
Qashqadaryo viloyati mezbonlik qilgan Akademiyalar kubogi musobaqasida mamlakatning turli hududlaridan jami 16 ta futbol akademiyasi ishtirok etdi. Ushbu musobaqada “Nasaf” futbol akademiyasining U17 jamoasi ham qatnashib, yuqori saviyadagi o‘yinlari bilan ajralib turdi va yakunda Akademiyalar kubogini qo‘lga kiritdi.
Musobaqa davomida yosh futbolchilarimiz o‘z mahorati, intilishi hamda jamoaviy o‘yini bilan e’tibor qozonib, turnir g‘olibiga aylanishdi.
Musobaqaning g‘olib va sovrindorlari:
Nasaf FA
Toshkent shahar FA
Andijon FA
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist