«Nasaf» o'rtoqlik o'yinida Polsha klubi bilan durang o'ynadi
"Nasaf" safida yagona gol Murodbek Rahmatov hisobiga yozildi.
Фото: Насаф ПФК
Antaliyada o'quv-yig'in mashg'ulotlarini davom ettirayotgan "Nasaf" bugun Polshaning "Medz Legnitsa" jamoasiga qarshi nazorat o'yinini o'tkazdi.
Bahsda 1:1 hisobi qayd etildi. "Nasaf" safida yagona gol Murodbek Rahmatov hisobiga yozildi.
O'rtoqlik o'yini.
"Nasaf" — "Medz Legnitsa" 1:1
Gollar: 0:1 — 8' Oliver Shimonyak, 1:1 — 61' Murodbek Rahmatov.
"Nasaf": Ne'matov, G'aybullaev, Rahmatov, Shala, Muhitdinov, Rustamov, Berdirahmonov, Xushvaqtov, Abdunazarov, Usmonov, Eshmurodov.
Zaxira: Numonov, Komilov, Abdixoliqov, Otubanjo, Murtazaev, Sokari.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist