locale OZ

«Nasaf» futbol maktabida navbatdagi «qaldirg‘ochlar» uchirma bo‘lishdi

Shu bilan birga, bitiruvchilar va ularning ota-onalari ham ustoz murabbiylarga o‘z minnatdorliklarini izhor etishdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Nasaf» futbol maktabida navbatdagi «qaldirg‘ochlar» uchirma bo‘lishdi
Фото: Насаф ПФК

Bugun "Nasaf" futbol maktabida Nodir Xalimov va Umrqul Rahmatullayevlar qo‘l ostida futbol sir-asrorlarini o‘rgangan bo‘lajak futbolchilar maktabdagi faoliyatlarini yakunlashdi.

Bitiruv tadbirida klubimiz bosh direktori Alisher Yusupov, bosh jamoamiz murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev, klub sport direktori Sergey Kucherenko, texnik direktor Botir Qorayev, futbol maktabi direktori Valentin Poddubniy, shuningdek, jamoamizning bugungi kunda asosiy tarkibda to‘p surayotgan yosh va umidli futbolchilar — "Nasaf" futbol maktabi bitiruvchilari Zafarmurod Abdirahmatov hamda Sardor Bahromov ishtirok etib, bitiruvchilarga o‘z ezgu tilaklarini bildirishdi.

Shu bilan birga, bitiruvchilar va ularning ota-onalari ham ustoz murabbiylarga o‘z minnatdorliklarini izhor etishdi.

"Qaldirg‘ochlar" klub tomonidan maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Bitiruvchilar bundan buyon o‘z faoliyatlarini klubimiz tomonidan yo‘naltirilgan jamoalarda davom ettirishadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting