«Nasaf» albaniyalik futbolchi bilan bitim imzoladi
Photo: Nasaf PFk
Bugun "Nasaf" futbol klubi albaniyalik hujumkor yarim himoyachi Adenis Shala bilan bir yarim yillik shartnoma imzoladi.
27 yoshli futbolchi o‘z faoliyati davomida Xorvatiya, Turkiya, Kosovo va Shimoliy Makedoniya klublarida o‘ynagan. Uning so‘nggi jamoasi Shimoliy Makedoniyaning kuchli jamoalaridan biri — "Shkendiya" bo‘lgan.
"Ishonamizki, Adenis jamoamizga g‘alabalar qo‘lga kiritishda va ko‘plab sovrinlarni yutishda yordam beradi. "Nasaf" oilasiga xush kelibsan, Adenis!" - deyiladi qarshiliklarning rasmiy bayonotida.
Bahrom Bobonov
Redaktor