\"Napoli\" prezidenti De Bryunening transferi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi
Belgiya futbolchisi A Seriyaga yo‘l olishga tayyor
Photo: Getty Images
"Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentiis jamoasi Kevin De Bruyne bilan shartnoma imzolashi haqidagi savollarga javob berdi.
“Keling, ortiqcha savollar bermaylik. Faqat shuni aytishim mumkinki, biz jamoani yanada kuchliroq va raqobatbardosh qilish uchun harakat qilyapmiz. Bizda allaqachon ajoyib o‘yinchilar bor va ko‘proq sifatli o‘yinchilarni safimizga qo‘shishni xohlaymiz", – deya ta’kidladi De Laurentiis.
Avvalroq klub prezidenti bosh murabbiy Antonio Conte borasida ham o‘z fikrlarini bildirgandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist