locale OZ

«Napoli» Meynu borasida «MYu»ga taklif yubordi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Napoli» Meynu borasida «MYu»ga taklif yubordi
Фото: Getty Images

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kobbi Meynu "Napoli"ning qiziqish doirasiga tushib qoldi.

Daily Mail tarqatgan xabarga ko‘ra, 20 yoshli futbolchi "qizil iblislar"ni tark etishga tayyor. Futbolchi Ruben Amorimning yangi mavsumdagi rejalaridan o‘rin olmagan.

"Napoli" esa vaziyatdan xabardor va uni o‘z safiga qo‘shib olish taklifini bergan. Faqat "MYu" bu borada bir to‘xtamga kelishi kerak.

Kobbi Meynu shu vaqtga qadar "Manchester Yunayted" asosiy jamoasi safida barcha musobaqalarda 73 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting