locale OZ

«Napoli» Mastantuononi «Real»dan sotib olmoqchi bo‘lgan

Hozirda 19 yoshli argentinalik futbolchi «Fiorentina»da ijara asosida harakat qilmoqda.
«Napoli» Mastantuononi «Real»dan sotib olmoqchi bo‘lgan
ФОТО: Getty images

«Napoli» sport direktori Jovanni Manna klub bir vaqtlar «Real» Madridga tegishli bo‘lgan Franko Mastantuononi o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqqanini ma’lum qildi.

Hozirda 19 yoshli argentinalik futbolchi «Fiorentina»da ijara asosida harakat qilmoqda. Mannaning aytishicha, «Napoli» Mastantuononi hali u «River Pleyt»da o‘ynagan paytlaridanoq kuzatib kelgan.

«Biz Mastantuononi “River Pleyt”da o‘ynagan davridan beri kuzatib kelganmiz. U bizga yoqardi va hozir ham yoqadi. Biz uni “Real”dan sotib olishni xohlagan edik, ammo madridliklar futbolchini o‘z shartlari asosida sotishni istadi. Hozircha bu shartlar “Napoli” uchun maqbul emas», — dedi Manna DAZN nashriga bergan intervyusida.

O‘tgan yozda «Fiorentina» 19 yoshli futbolchini «Real»dan ijaraga olgan. Mastantuono joriy mavsumda Italiya klubi safida barcha musobaqalar doirasida 7 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting