\"Napoli\" Jonatan bilan muzokaralarni boshladi
Photo: Getty Images
"Lill" hujumchisi Jonatan Devid faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Matteo Moretto ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, "Napoli" hujum chizig'ini kuchaytirish maqsadida Jonatan Devidni tarkibga qo'shib olmoqchi.
Tomonlar muzokaralarni boshlagan. Futbolchi erkin agent maqomida "Napoli"ga kelib qo'shilishi mumkin. Biroq kanadalik hujumchiga neapolliklardan tashqari, "Arsenal" va "Aston Villa" ham qiziqish bildirmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist