«Napoli» Heylundni ijaraga oladi
Фото: Getty Images
"Napoli" Rasmus Heylund bilan shartnoma imzolashga juda yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist Gianluca Di Marzio xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Neapol klubi 22 yoshli hujumchi bilan ehtimoliy hamkorlik bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishdi.
Futbolchini ijaraga olish va xarid qilish huquqi bo‘yicha "Manchester Yunayted" bilan muzokaralar qizg‘in davom etmoqda.
Unga "Milan" ham taklif yuborgandi. Futbolchi "Napoli"ga o‘tishni xohlamoqda.
Daniyalik forvard o‘tgan mavsumda APLning 32 o‘yinida 4 gol urdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist