locale OZ

Nani Ronaldu haqida gapirdi

U sobiq jamoadoshi haqida iliq fikrlarni aytib o‘tdi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Nani Ronaldu haqida gapirdi
Photo: Getty Images

Nani Krishtianu Ronalduning Portugaliya terma jamoasidagi roli haqida fikr bildirdi.

"Krishtianu har doim yordam berishga tayyor – savol qanday qilibda. Uning 90 daqiqa o‘ynashi shart emas. Ba’zan 10-20 daqiqa ham yetarli.

U asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkin, ammo agar charchagan bo‘lsa yoki natijani ushlab turish kerak bo‘lsa, murabbiy yangi o‘yinchini maydonga tushirishi mumkin", – dedi "MYu" va Portugaliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi.

Eslatib o‘tamiz, Portugaliya Millatlar Ligasi yarim finalida Germaniyaga qarshi o‘ynaydi. O‘yin 4 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting