locale OZ

Namanganda “Uzbekistan judo tour” turniri oʻtkazildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Namanganda “Uzbekistan judo tour” turniri oʻtkazildi
FOTO: Olympic.uz

Namangandagi “Barkamol avlod” sport majmuasida dzyudo boʻyicha “Uzbekistan judo tour” turniri tashkil etildi.

Mukofot jamgʻarmasi 200 million soʻmni tashkil etgan musobaqada dzyudochilar -81, -90, -100 va +100 kg vazn toifalarida bahs olib borishdi.

Yakunda har bir vazn toifasidagi gʻoliblar 22, kumush medal sohiblari 14 va bronza medali sovrindorlari 7 million soʻmdan pul mukofotiga ega boʻldilar.

Bu gal medallar jamgʻarish boʻyicha surxondaryolik polvonlar 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida yetakchilik qilishdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting