locale OZ

Najmiddin Normurodov va Javohir Jo‘rayev ikkinchi davrada «Metallurg» sharafini himoya qiladi

O‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘ygan jamoamiz ikkinchi davra uchun tarkibni yanada kuchaytirish maqsadida yangi futbolchilar bilan shartnoma imzoladi.
Najmiddin Normurodov va Javohir Jo‘rayev ikkinchi davrada «Metallurg» sharafini himoya qiladi
photo: Metallurg FK

Najmiddin Normurodov va Javohir Jo‘rayev ikkinchi davrada "Metallurg" sharafini himoya qiladi

O‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘ygan bekobodliklar ikkinchi davra uchun tarkibni yanada kuchaytirish maqsadida yangi futbolchilar bilan shartnoma imzoladi.

"Bungacha Toshkentning "Bunyodkor" futbol klubi sharafini himoya qilib kelgan, "qaldirg‘ochlar" sardori Najmiddin Normurodov "Metallurg" sharafini himoya qiladi.

Shuningdek, Bekobod jamoasi iqtidorli himoyachi Javohir Jo‘rayev ham ikkinchi davrani "Metallurg"da o‘tkazadigan bo‘ldi. Futbolchi bungacha Superliga vakili" Surxon" klubi safida harakat qilayotgan edi.

Najmiddin Normurodov
Ampluasi — himoyachi
Avvalgi klubi — "Bunyodkor"
Tug‘ilgan sanasi — 06.06.1995

Javohir Jo‘rayev
Ampluasi
— himoyachi;
Avvalgi klubi — "Surxon"
Tug‘ilgan sanasi — 09.09.2001",-deb yoziladi klub rasmiy sahifasida.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting