locale OZ

Nagelsmann Lyuksemburg ustidan qoʻlga kiritilgan gʻalaba haqida: «Biz uch ochko qoʻlga kiritganimizdan juda xursandmiz»

Germaniya terma jamoasi “A” guruhida beshta o‘yindan so‘ng 12 ochko jamg‘argan holda peshqadamlik qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Nagelsmann Lyuksemburg ustidan qoʻlga kiritilgan gʻalaba haqida: Biz uch ochko qoʻlga kiritganimizdan juda xursandmiz
ФОТО: Getty images

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann JCh-2026 saralash bosqichining 5-turida Lyuksemburg ustidan qoʻlga kiritilgan gʻalabadan soʻng (2:0) oʻz fikrini bildirdi.

"Biz uch ochkoga ega boʻlganimizdan juda xursandmiz. Muhimi shu. Futbol – natijaga yoʻnaltirilgan sport turi va biz bunga erishdik. Biroq, ishlar biz kutganimizdan ham qiyinroq boʻlib chiqdi. Birinchi boʻlim boshlarida oʻzimiz kutgan futbolni namoyish eta olmadik, biroq 30-daqiqadan boshlab vaziyat sezilarli darajada yaxshilandi. Bizda koʻplab imkoniyatlar boʻldi, ammo ulardan yetarlicha foydalana olmadik. Gol oʻtkazib yuborishimiz ham mumkin edi. Omadimiz keldi desam ham boʻladi", – deya Nagelsmanning soʻzlarini keltiradi Germaniya futbol assotsiatsiyasining rasmiy sayti.

Maʼlumot uchun, Germaniya terma jamoasi “A” guruhida beshta oʻyindan soʻng 12 ochko jamgʻargan holda peshqadamlik qilmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting