\"MYU\"ning ikki futbolchisi mashg'ulotlarga qaytdi
Photo: Getty Images
Amad Diallo va Matthijs de Ligt "Manchester United" tarkibida mashg'ulotlarni boshlab yubordi.
Futbolchilar Yevropa Ligasi yarim finalida "Atletik"ka qarshi o‘ynaydi. Bu futbolchilar ushbu bahsda maydonga tushishi mumkin. De Ligt 1-aprel kuni jarohat olib, safdan chiqqan va "Lion"ga qarshi chorak final bahsida ham "qizil iblislar"ga yordam bera olmagandi.
Diallo esa fevral oyida to‘pig‘idan olgan jarohati tufayli jamoaning bir qator o‘yinlarini o‘tkazib yubordi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist