Myullerga yana bir klub xaridor
Photo: Getty Images
"Bavariya"ning sobiq hujumchisi Tomas Myuller faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "Vankuver Uaytkaps" klubi 35 yoshli germaniyalik futbolchiga qiziqib qoldi.
Avvalroq Myuller faoliyatini okean ortida davom ettirishi mumkinligi haqida xabar qilingandi.
U yaqinda “Bavariya”ni tark etdi. Myunxen grandi o'z afsonasiga yangi shartnoma taklif qilmaslikka qaror qildi. Futbolchiga Avstraliyaning "Sidney" klubi ham qiziqish bildirgan.
Bahrom Bobonov
Redaktor