Myuller uchun yana bir da'vogar paydo bo‘ldi
Photo: Getty Images
“Bavariya” hujumchisi Tomas Myullerga ko‘plab jamoalar tomonidan qiziqish bildirilyapti.
Bild xabar berishicha, Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” jamoasi ham Myullerga qiziqish bildirgan. Germaniyalik futbolchiga, shuningdek, MLS klublari ham katta e'tibor qaratmoqda.
Shunga qaramay, Myuller hali yakuniy qarorga kelmagan. Futbolchining mavsum yakunida o‘z tanlovini qilishi kutilmoqda.