Myuller rotatsiyaga qo‘l urmagan Nagelsmannni qo‘llab-quvvatladi
Bu bahsda Germaniya Ekvadorga yutqazib qo‘ydi.
ФОТО: Getty images
Myunxenning "Bavariya" klubi sobiq hujumchisi Tomas Myuller Germaniya bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann jahon chempionati guruh bosqichi 3-tur doirasida Ekvador bilan bahsda (1:2) rotatsiyaga qo‘l urmasligini qo‘llab-quvvatladi.
"Agar men Yulian Nagelsmann bo‘lganimda, hozirgi yondashuvni saqlab qolgan va jamoaga barqarorlikni ta'minlagan bo‘lardim. Men Manuel Noyerni darvozada qoldirardim. Biz bu yerda sovg‘a tarqatish uchun kelmaganmiz", — dedi Myuller Magenta TV efirida.
Ma'lumot uchun, ushbu bahsda Noyer o‘z darvozasini daxlsizligini saqlab qola olmadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist