Myuller chempionlik soni borasida Giggsning rekordini takrorladi
Photo: Getty Images
“Bavariya” klubi yarim himoyachisi Tomas Myuller Germaniyaning 13 karra chempioniga aylandi.
Myunxenliklar Bundesliganing 32-turida “Bayer”ning “Frayburg”ga qarshi o‘yinida 2:2 hisobida durang o‘ynagani sababli, Bundesliganing yakunlanishiga ikki tur qolganida chempionlikni qo‘lga kiritdi.
NATijada Tomas Myuller Yevropaning TOP-5 chempionatlarida qo‘lga kiritgan unvonlari soniga yaqin vaqtga qadar shunday sovrinlar qo‘lga kiritgan yagona futbolchi bo‘lib kelgan “Manchester Yunayted” afsonasi Rayyan Giggs bilan tenglashdi.
Eslatib o‘tamiz, Tomas Myullerni “Bavariya” bilan shartnomasi mavsum oxirida yakuniga yetadi.
Tomonlar hamkorlikni davom ettirmasliklarini allaqachon rasmiy e’lon qilishgan. Myuller klubni erkin agent sifatida tark etadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist