«MYU»ga Pavlovich kerak
Yarim himoyachining "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan.
ФОТО: Getty images
"Bavariya" himoyachisi Aleksandr Pavlovich "Manchester Yunayted" short-listidan o‘rin oldi, deb xabar beradi Football Insider.
21 yoshli Pavlovichga faol ravishda yangi yarim himoyachi izlayotgan “qizil iblislar” qiziqish bildirmoqda. Imkoniyat tug‘ilsa, ingliz klubi iqtidorli nemis futbolchisini yanvar oyidayoq qo‘lga kiritishga harakat qilishi kutilmoqda.
Joriy mavsumda Pavlovich barcha musobaqalarda sakkizta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi. Yarim himoyachining "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor narxi 55 million yevroni tashkil etadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist