«MYU»ga «Levante» hujumchisi kerak
Transfermarkt portali ekspertlari istiqbolli forvardning narxini 20 mln yevroga baholamoqda.
ФОТО: Getty images
"Levante" hujumchisi Etta Eyong faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqida jurnalist Ben Jeykobs o‘z ijtimoiy tarmog‘ida yozib qoldirgan.
Manbaga ko‘ra, kamerunlik 21 yoshli forvard "Manchester Yunayted"ning e’tiboriga tushib qoldi.
"Qizil iblislar" skautlari La Liga startida asosiy kashfiyotlardan biriga aylangan futbolchining o‘yinlarini birinchi marta kuzatayotgani yo‘q.
Transfermarkt portali ekspertlari istiqbolli forvardning narxini 20 mln yevroga baholamoqda.
"Levante"ning yangi yulduziga "Barselona" ham qiziqayotgan edi. Eyong joriy mavsumda sakkizta bahsda beshta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist