MYU Xoan Garciyani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Photo: Getty Images
“Manchester Yunayted” rahbariyati yozgi transfer oynasi vaqtida o‘z safiga darvozabon qo‘shib olmoqchi.
The Sun xabariga ko‘ra, klub “Espanyol” posboni Xoan Garciyaga qiziqish bildirmoqda. Ushbu posbonga MYUdan tashqari, APL va La Liganing ko‘plab grand klublari ham qiziqmoqda.
Garciya ham faoliyatini kuchliroq jamoada davom ettirishga qarshi emas. 24 yoshli posbonga “Barselona” ham taklif tayyorlayotgani haqida xabarlar chiqqan edi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist