locale OZ

\"MYU\" Vardini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"MYU" Vardini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Photo: Getty Images

“Lester”ning sobiq hujumchisi Jeymi Vardi faoliyatini Manchester klubida davom ettirishi mumkin.

The Athletic xabariga ko‘ra, “Manchester Yunayted” jamoasi 38 yoshli futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Klub ushbu transfer oynasida jamoani tark etishi kutilayotgan Rasmus Hoylund o‘rniga Vardini taklif qilmoqchi.

Avvalroq “Jenoa” ham Vardi bo‘yicha qiziqish bildiraëtgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Jeymi Angliya Premyer-ligasida jami 342ta o‘yinda maydonga tushib, 145ta gol urgan va 50ta gollarga assistentlik qilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting