«MYu» va «Tottenhem» Brentueytni kuzatib bormoqda
Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha mo'ljallangan.
ФОТО: Getty images
“Manchester Yunayted” va “Tottenhem” klublari “Everton” markaziy himoyachisi Jerrad Brentueyt atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Bu haqda Caught Offside nashri xabar tarqatmoqda.
Manbaga ko'ra, “qizil iblislar” 23 yoshli ingliz futbolchisini jamoa mudofaasini kuchaytirish uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida ko'rmoqda. “Shporlar” ham uni diqqat bilan kuzatib boryapti va o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirgan.
Ma'lumot uchun, Brentueyt 2020 yil yanvaridan beri “Everton” safida to'p suradi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali himoyachining bozor qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist