«MYU» va «Tottenhem» 19 yoshli vingerga qiziqish bildirmoqda
«Manchester Yunayted» Germaniyaning «Leypsig» klubi va Kot-d’Ivuar terma jamoasi a’zosi bo‘lgan 19 yoshli vinger Yan Diomandega qiziqish bildirmoqda. Bu haqda taniqli jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «MYU» va «Tottenhem» skautlari yaqinda yosh futbolchining bir nechta uchrashuvlarini bevosita stadionda kuzatib, uning o‘yin saviyasi hamda salohiyatini baholashgan.
Avvalroq Diomande «Liverpul», «Manchester Siti», «Chelsi» kabi Yevropaning yirik klublari diqqat markazida bo‘lgan. Bu holat futbolchiga bo‘lgan qiziqish yuqoriligini va uning istiqbollari katta ekanini tasdiqlaydi.
Joriy mavsumda Yan Diomande Bundesligada 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, oltita gol urdi.
Futbolchining «Leyptsig» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portaliga ko‘ra, Diomandening bozor qiymati 45 mln yevroni tashkil etadi.