\"MYu\" va \"Chelsi\" Fermin Lopesni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Photo: Getty Images
"Barselona" yarim himoyachisi Fermin Lopes faoliyatini Angliya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Todofichajes xabar tarqatmoqda.
Manbada aytilishicha, "Manchester Yunayted" klubi 22 yoshli ispaniyalik futbolchi xizmatiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bundan tashqari, "Chelsi" ham Lopesga da'vogarlik qilmoqda. London klubi Fermin transferiga 40 mln yevro sarflashga tayyor.
Fermin Lopesning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt uning narxini 50 million yevroga baholamoqda.
Lopes joriy mavsum Ispaniya chempionatida 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.