«MYu» Uilyams uchun kurashga qo‘shildi
Uning “Nottingem Forest” bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan.
ФОТО: Getty images
“Manchester Yunayted” klubi “Nottingem Forest” himoyachisi Niko Uilyamsga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda CaughtOffside xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “o‘rmonchilar” 25 yoshli futbolchini sotishni rejalashtirmayapti va u bilan shartnomani uzaytirish variantlarini ko‘rib chiqmoqda.
Shuningdek, “Nyukasl”, “Aston Villa” va “Everton” ham Uilyams bo‘yicha norasmiy so‘rovlar bilan chiqqan.
Joriy mavsumda Uilyams barcha musobaqalarda 52 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol va 4 ta golli uzatma qayd etgan. Uning “Nottingem Forest” bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati taxminan 25 million yevroni tashkil etadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist