locale OZ

«MYu» sobiq himoyachisi De Xea bilan bir jamoada o‘ynashi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«MYu» sobiq himoyachisi De Xea bilan bir jamoada o‘ynashi mumkin
Фото: Getty Images

"Fiorentina" himoya chizig‘ini “Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchisi Viktor Lindelöf bilan kuchaytirmoqchi. Bu haqda Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Florensiya klubi shved futbolchisining vakillari bilan muzokaralarga kirishgan. Hozirda hammasi reja asosida ketmoqda.

Shu bilan birga, Lindelöfda APLdan yana ikkita taklif bor. Hozircha bu klublar nomi oshkor qilinmagan.

Yakuniy qaror futbolchining o‘zida qoladi. "Fiorentina" kelishuvni tez orada yopishga umid qilmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting