MYu Ramos bilan shartnoma imzolamoqchi emas
Hozirda Transfermarkt portali futbolchining narxini 1 million yevro deb baholamoqda.
ФОТО: Getty images
“Manchester Yunayted” ispaniyalik himoyachi Serxio Ramos bilan shartnoma imzolashga qiziqmayapti. Bu haqda ESPN xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 39 yoshli ispaniyalik futbolchi hanuz yangi jamoa qidirmoqda.
Qayd etilishicha, “qizil iblislar”da esa bu variant umuman ko‘rib chiqilmayapti, tomonlar o‘rtasida hech qanday muzokaralar ham bo‘lmagan.
2025 yilgi mavsumda Ramos 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urgan.
Ma’lumot uchun, Serxio faoliyati davomida “Real”, “Sevilya” va “PSJ” klublari sharafini himoya qilgan.
Hozirda Transfermarkt portali futbolchining narxini 1 million yevro deb baholamoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist