«MYU» Rafinya transferi uchun 102 mln funt sarflamoqchi
“Qizil iblislar” braziliyalik futbolchining transferi muvaffaqiyatga asosiy kalit bo‘lishiga ishonmoqda.
ФОТО: Getty images
“Manchester Yunayted” “Barselona” vingeri Rafinya uchun rasmiy taklif kiritgan. Bu haqda “Fichajes” sayti xabar berdi.
Qayd etilishicha, inglizlar braziliyalik futbolchini sotib olish uchun 102 million funt atrofida taklif tayyorlagan. Kataloniya klubi Rafinyani 120 million yevrodan kamiga sotmoqchi emas.
“Qizil iblislar” braziliyalik futbolchining transferi muvaffaqiyatga asosiy kalit bo‘lishiga ishonmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Yunayted” yozgi transfer oynasida Benjamin Sheshko, Brayan Mbeumo, Mateus Kunya va Senne Lammensni umumiy hisobda 230 million yevroga sotib olgan edi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist