«MYU» Onana bo‘yicha Turkiya klubi bilan kelishuvga erishdi
ФОТО: Getty images
"Manchester Yunayted" darvozaboni Andre Onana klubini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, "Trabzonspor" ingliz klubi bilan futbolchining ijarasi bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishdi.
Qayd etilishicha, transfer bo‘yicha yakuniy qarorni endi darvozabonning o‘zi qabul qiladi. Tez orada bu borada yakuniy qarorga keladi.
Andrening "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. Darvozabonning transfer narxi 25 million yevroga baholanmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist