\"MYu\" Mitrovichga qiziqib qoldi
U APLga qaytishi mumkin
Photo: Getty Images
“Al-Hilol” hujumchisi Aleksandr Mitrovich faoliyatini yana APLda davom ettirishi mumkin. Bu haqda Talksport xabar tarqatmoqda.
Manbaga ko‘ra, “Manchester Yunayted" klubi 30 yoshli hujumchiga qiziqib qolgan. Futbolchining “Al-Hilol” bilan shartnomasi 2026 yilning yozida yakunlanadi.
Mitrovichning transfer bahosi 18 mln yevroni tashkil etmoqda. Ingliz klubi Aleksandrning agentlari bilan allaqachon bog‘langan va muzokara o‘tkazgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist