locale OZ

«MYu» Lisandro Martines bilan shartnomani uzaytirmoqchi

28 yoshli Martines «MYu» safiga 2022 yilda «Ayaks»dan ko‘chib o‘tgan.
«MYu» Lisandro Martines bilan shartnomani uzaytirmoqchi
ФОТО: Getty images

«Manchester Yunayted» argentinalik himoyachi Lisandro Martines bilan shartnomani uzaytirish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Football Insider ma’lumotiga ko‘ra, klub futbolchining amaldagi bitimidagi bir yillik uzaytirish opsiyasini faollashtirishga tayyor.

Martinesning hozirgi shartnomasi 2027 yil yozida yakunlanadi. Klub uning uzoq muddatli kelajagi bo‘yicha qaror qabul qilishda esa shoshilmayapti. «Manchester Yunayted» argentinalik futbolchining 2026/27 yilgi mavsumdagi jismoniy holati va maydondagi ko‘rsatkichlarini diqqat bilan kuzatmoqchi.

28 yoshli Martines «MYu» safiga 2022 yilda «Ayaks»dan ko‘chib o‘tgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting