«MYu» Kasado uchun kurashmoqda
U joriy mavsumda 13 ta uchrashuv o'tkazib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
ФОТО: Getty images
"Barselona" klubi yarim himoyachisi Mark Kasado “Manchester Yunayted”ning qiziqishlari doirasiga tushib qoldi, deya xabar bermoqda Mundo Deportivo.
Manbaga ko'ra, “qizil iblislar” 22 yoshli futbolchi uchun “Atletiko” bilan raqobatlashishiga to'g'ri keladi.
Klub allaqachon Kasado vakillari bilan muzokaralarga kirishgan.
"Ko'k-anorranglilar" tarbiyalanuvchisi Transfermarkt portali jurnalistlari tomonidan 25 million yevroga baholanmoqda. Markning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi muddati 2028 yilning iyun oyi oxirida tugaydi.
U joriy mavsumda 13 ta uchrashuv o'tkazib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist