locale OZ

“MYU” hujumchisi uchun mavsum yakunlandi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“MYU” hujumchisi uchun mavsum yakunlandi
Photo: Getty Images

“Manchester Yunayted” hujumchisi Joshua Zirkzee jarohati tufayli mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuboradi.

“Joshua mavsum oxirigacha safdan chiqdi, u boshqa maydonga tusha olmaydi. Kelgusi mavsumga tayyorgarlik ko'rishi kerak. Bu og'ir, ayniqsa, hozirgi holatimizda”, - dedi “qizil iblislar” bosh murabbiyi Ruben Amorim.

Eslatib o'tamiz, 23 yoshli niderlandiyalik futbolchi APLning 32-turidan o'rin olgan "Nyu-Kasl"ga (1:4) qarshi o'yinda sonining orqa qismidan jarohat oldi. APL joriy mavsumida u 32 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting