locale OZ

MYu Eriksenni qo'llab-quvvatladi

Eriksen 2022-2025 yillar oralig'ida “Manchester Yunayted” sharafini himoya qilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
MYu Eriksenni qo'llab-quvvatladi
ФОТО: Getty images

“Manchester Yunayted” ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali Ukraina terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi (2:1) vaqtida hushidan ketgan Daniya terma jamoasi yarim himoyachisi Kristian Eriksenni qo‘llab-quvvatladi.

Keyinchalik Daniya terma jamoasi futbolchining o‘ziga kelgani va ahvoli yaxshi ekanligini ma’lum qildi.

“Manchester Yunayted”dagi barcha Kristian Eriksenning Ukraina bilan o‘yindan keyingi ahvoli haqidagi yangiliklardan yengil tortdi. Klub Kristian va uning oilasiga kuch-quvvat tilaydi hamda yangi ma’lumotlarni kutib qoladi”, — deyiladi “qizil iblislar” bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, Eriksen 2022-2025 yillar oralig‘ida “Manchester Yunayted” sharafini himoya qilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting