«MYU» Emerini bosh murabbiylikka taklif qilishi mumkin
Uning Birmingemdagi ishlari biroz ortga ketgan.
ФОТО: Getty images
“Aston Villa” bosh murabbiyi Unai Emeri “Manchester Yunayted”ni boshqarishi mumkin, deya xabar beradi Football Insider nashri.
Manbaga ko‘ra, birmingemliklar rahbariyati va ispaniyalik mutaxassis o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan. Jamoaning natijalari fonida rahbariyat Emeriga nisbatan bosim o‘tkazishni boshlagan.
Bu vaziyatdan xabardor “MYU” esa ispaniyalik mutaxassisni boshqaruvga taklif qilishi mumkin. Buning uchun avvalo Ruben Amorimni ishdan bo‘shatishlari lozim.
Bu mavsum "Manchester Yunayted" APLda 3 turdan so‘ng 4 ochko to‘plagan holda 9-o‘rinda bormoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist