«MYu» Ederson uchun taklif tayyorlamoqda
Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining narxi 40 mln yevro atrofida baholanmoqda.
ФОТО: Getty images
"Manchester Yunayted" yozda "Atalanta" yarim himoyachisi Edersonni qo'lga kiritishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.
Shuningdek, Ispaniyaning "Atletiko" klubi ham futbolchiga qiziqmoqda, biroq "qizil iblislar" madridliklardan bir qadam oldinda turibdi. Ispanlar so'ralgan summani to'lashga shoshilmayapti, xolos.
Ederson "Atalanta" safida 178 ta o'yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 5 ta assist qayd etdi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining narxi 40 mln yevro atrofida baholanmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist