«MYU» Chuamenini sotib olmoqchi
Chuameni 2022 yildan beri "Real" sharafini himoya qilmoqda.
ФОТО: Getty images
"Manchester Yunayted" klubi "Real"ning 25 yoshli fransiyalik yarim himoyachisi Orelien Chuameni bilan shartnoma imzolash variantlarini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Defensa Central nashri yozmoqda.
Qayd etilishicha, "MYU" fransiyalik o‘yinchini sotib olish orqali Kazemiroga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. 2026 yilning yozida 33 yoshli braziliyalik yarim himoyachining mankunianliklar bilan shartnomasi yakunlanadi. Kelishuv uzaytirilmaslik ehtimoli yuqori.
Ma’lumot uchun, Chuameni 2022 yildan beri "Real" sharafini himoya qilmoqda. Bu mavsumda yarim himoyachi klub safida barcha musobaqalarda 17 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist