Murod Bobojonov faoliyatini Iroqning Amanat Bogʼdod klubida davom ettiradi
Mazkur klubda oʼzbekistonlik yarim himoyachi Baxtiyor Qosimov toʼp tepmoqda.
photo: Xorazm fk
Oʼzbekistonlk hujumchi Murod Bobojonov legionerga aylandi. Bu xaqida jurnalist Narzulla Saydullayev xabar bermoqda.
Oʼtgan yil Xorazm safida 8 ta gol urgan futbolchi Iroqning Amanat Bogʼdod klubi aʼzosiga aylandi. Bobojonov kuni kecha Bogʼdodga yetib bordi va tibbiy koʼrikdan soʼng yangi klubi bilan shartnoma tuzdi.
Mazkur klubda oʼzbekistonlik yarim himoyachi Baxtiyor Qosimov toʼp tepmoqda.
Eng so'nggi xabar va yangiliklarni sports24.uz sayti orqali kuzatib boring.
Ibrohim Jalolov
Redaktor