locale OZ

Murabbiylar taʼlimini rivojlantirish boʻyicha FIFA seminari boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi instruktorlari ishtirokida seminar tashkil etildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Murabbiylar taʼlimini rivojlantirish boʻyicha FIFA seminari boʻlib oʻtdi
photo: UFA

FIFAning murabbiylarni rivojlantirish boʻlimi tashabbusi bilan 23–26-mart kunlari Toshkent shahridagi “Hyatt Regency” mehmonxonasida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi instruktorlari ishtirokida seminar tashkil etildi.

Seminar davomida instruktorlarning nazariy va amaliy mashgʻulotlarni yuqori saviyada olib borish, ularni baholash hamda imtihon jarayonlariga tayyorlash boʻyicha bilim va koʻnikmalarini mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, tadbirda zamonaviy futbol taʼlimi metodikasi, oʻquv jarayonini samarali tashkil etish va xalqaro tajribalarni joriy etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting