Muhriddin Ahmedov Tojikiston klubi bilan shartnoma imzoladi
Ahmedov yil yakunigacha ushbu jamoada to'p suradi.
Фото: Парвоз ПФК
O‘zbekistonlik darvozabon Muhriddin Ahmedov faoliyatini Tojikistonda davom ettiradi.
Sports24.uz nashrining xabariga ko‘ra, 29 yoshli posbon liganing yangi ishtirokchisi “Parvoz” jamoasi bilan kelishuvga erishdi. Ahmedov yil yakunigacha ushbu klub safida o‘ynaydi.
Muhriddin Ahmedov buning oldidan Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonning bir nechta jamoalari sharafini himoya qilgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist