Muhiddin Zoirov «Lokomotiv»ni tark etdi
Muhiddin 2025 yildan beri “Lokomotiv” sharafini himoya qilib kelayotgandi.
Фото: Локомотив ПФК
“Lokomotiv” klubi hujumchisi Muhiddin Zoirov “temiryo‘lchilar”ni tark etishga qaror qildi.
27 yoshli futbolchi birinchi davraning 11 ta o‘yinida “Lokomotiv” safida jami 5 ta o‘yinda maydonga tushib, birorta ham gol ura olmadi. Bu bahslarda u jami 32 daqiqa harakat qildi. Zoirov faqat O‘zbekiston kubogida bitta gol urgan.
Eslatib o‘tamiz, Muhiddin 2025 yildan beri “Lokomotiv” sharafini himoya qilib kelayotgandi.
Bunga qadar u “Nasaf” va “Sho‘rtan” jamoalarida ham to‘p surgan. Katta ehtimol u yana vohaga qaytishi kutilmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist